Masjid va namoz xaqida

Assalomu alaykum! "Gunoxi kabiralar "kitobida yozilishicha “jamoat namozini tark qilish og‘ir gunoh” deyilgan ekan. Bobom rahmatli qishlog‘imizga davlat ruxsati bilan bir masjid qurgan edilar, ammo imomlik qilish uchun hujjatlari bo‘lmagan. Masjid ham jome emas. Qishlog‘imizda namoz o‘qiydigan insonlar juda ko‘p, jome masjid esa qishlog‘imizdan ancha uzoq. Shu sababli bir jome masjidga filial bo‘lib choyxona hisobida faqat bomdod namozini o‘qishga ruxsat berishdi. Bamdoddan boshqa namozlar o‘qilmaydi. Har oyda filial bo‘lgani uchun ma’lum mikdorda (patent) to‘lab kelinadi. Hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan namozxonlarga barcha shart-sharoitlar yaratilib berilayotgani barchamizga ma’lum. Bizning masjidimizda ham azon ovozi jaranglab, qishlog‘imiz jamoat bo‘lib 5 vaqt namoz, juma namozlari, iyd namozlarini o‘qishsa! Nahotki hech kim e’tibor bermasa deb o‘ksib, uyda yolg‘iz namozlarni o‘qib yuripmiz. Sizlardan iltimosim shuki, masjidimizni jome bo‘lishi uchun yordam bersalaringiz, e’tibordan chetda qoldirmasalaringiz. Siz ahli ilm sohiblariga albatta oson, barchasi qo‘llaringizda. Moddiiy harajatlar talab etilsa biz qishlog‘imiz bilan bu ishga undaymiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi masalalarni hal qilish, O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining vakolatiga kiradi. muslim.uz saytiga yoki Diniy Idoraning viloyat vakilligiga murojaat qiling. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:25 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar