Rasululloh va nasroniylar
Assalomu alaykum! Man bir hadis eshitgandim unda shunday aytilgandi: nasroniylar Rasululloh yoniga kelib bahs qilishdi ular Islomni qabul etmadilar. Shunda Rasululloh aytdilar sizlar o‘z ayollaringgizni olib keling man ham olib kelaman, siz farzandlaringizni olib keling man ham olib kelaman va ular ustidan qasam ichamiz dedilar. Rasululloh olib keldilar lekin nasroniylar olib kelmadilar. Shu hadisni manbasini topa olmadim bir eshitdim sahih muslimda bor deb. Shu hadisni asli haqida so‘ramoqchi edim shu hadis sahihmi rostan ham muslimda bormi malumot bersangiz iltimos?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu voqe’a oyati karimada ham vorid bo‘lgan. “Tafsiri hilol” kitobida bunday deyiladi: “Alloh taolo Oli Imron surasida marhamat qiladi: “Senga kelgan ilmdan keyin, kim sen bilan u haqida tortishsa, Sen: “Kelinglar, bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning ayollaringizni, biz o‘zimizni, siz o‘zingizni chaqiramiz-da, so‘ngra yolborib, yolg‘onchilarga Allohning la’nati bo‘lishini so‘raymiz”, deb aytgin.”
Rivoyatlarda kelishicha, “Oli Imron” surasining avvalidan to sakson nechanchi oyatigacha Payg‘ambarimiz huzurlariga Najron nasorolari kelib, din haqida, Maryam va Iyso haqida va boshqa masalalar xususida tortishgan vaqtda nozil bo‘lgan. Ular bilan bo‘lgan tortishuv bir maqomga etib, Islomning haqligi ochiq-oydin bo‘lib qolganda ham, raqib taraf qaysarlik bilan, o‘zimniki to‘g‘ri, deb turib olgan. Shunda Alloh taolo Payg‘ambar alayhissalomga ularni mubohalaga, ya’ni bolalar va ayollarni to‘plab, o‘zlari ham qo‘shilib, ikki taraf ham: “Shu masalada kim yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, o‘shanga Allohning la’nati bo‘lsin”, deb duo qilishga chaqirishni buyurdi. Payg‘ambar alayhissalom mazkur nasorolarni mubohalaga chaqirganlarida, ular ko‘nmadilar. Lekin mansablarini, obro‘larini, mol-dunyolarini yo‘qotishdan qo‘rqib, Islomni ham qabul qilmadilar. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 12:00 | Savol-javoblar | 0 | Hadislar