Najm surasi 27- oyati haqida
Assalomu alaykum! Men yaqinda Quroni Karimning shayx Alovuddin Mansur rohimahullohning tarjimasini o‘qiyotib, Najm surasi 27-oyatining tafsirida sal tushunmovchilikka duch keldim. Oyatning ma’nosi quyidagicha: Darvoqe’ Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar farishtalarni ayollar nomi bilan ataydilar. Oyatning ma’nosi shu ekan. Savolim quyidagicha: Biz onalarimizga, ayollarimizga aynan shunday deb murojaat qilamiz. Bu oyatning tafsirini o‘qib turib qo‘rqib qoldim. Onani, ayolini farishtam deb chaqirgan odam dindan chiqib qolmaydimi? Chunki oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar deyilmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Faqat tarjima o‘qib xulosa chiqarmang, oyatning tafsirini ham o‘qing.27. Albatta, oxiratga iymon keltirmaganlar farishtalarni ayol nomi bilan nomlarlar.
Arab mushriklari farishtalarni ayol deb e’tiqod qilganlarini aytdik. Ularga nomlarni ham xuddi ayollarnikiga o‘xshaganini qo‘yib olishardi. Bundan tashqari, ularning Lot, Uzzo, Manot kabi butlar ham aslida farishta bo‘lganlar, degan afsonalari ham bor edi. Shuning uchun ularga ham ayollarga xos nomlarni qo‘yishgan edi. (“Tafsiri hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 Iyun 2022, 18:33 | Savol-javoblar | 247 | Qur’oni karim