Imom ikki marta takbir aytsa

Assalomu alaykum! Imom shom nomoziga quloq qoqayotgan paytda mikrafon o‘chiq ekan. Alloh deganini eshitdik mikrafon o‘chiqligi uchun akbar degani eshitilmadi deb xamma quloq qoqdi. Lekin imom bir oz o‘tib mikrafonni yoqib takbirni to‘liq aytdi ya’ni "Alohu Akbar" deb men ham orqasidan qaytadan quloq qoqdim. Oramizda qayta quloq qoqmaganlar ham bor ekan. Bu xolatda qanday yo‘l tutishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha payt imom haqiqatda birinchi takbirni mukammal tarzda aytib namozga kirgan bo‘lsa, so‘ngra namozni buzmaydigan harakat bilan mikrofonni yoqib qaytadan takbiri tahrimani aytgan bo‘lsa, qaytadan takbir aytmagan muqtadiylarning namozi durust. Agar imom birinchi takbirdan so‘ng namozni buzadigan amalni qilgan bo‘lsa muqtadiylar ham qaytadan takbir aytib namozga kirishlari lozim bo‘lgan. Vallohu a’lam!

4 Iyun 2022, 20:33 | Savol-javoblar | 235 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar