O‘g‘il otasini qattiq ranjitgan bo‘lsa

Assalomu alaykum! Ustozlar, agar o‘g‘il otasini qattiq ranjitgan bo‘lsa va ikkalasi yarashmay otasi yoki o‘g‘il dunyodan o‘tib qolsa nima bo‘ladi? O‘g‘il namozxon, taqvodor bo‘lsayu, otasi dinga amal qilmaydigan fosiq bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Marhum bo‘lgan ota farzandini oq qilgan bo‘lsa o‘tgan inson qabrida chanqab suv yo‘q, botqoqqa botib tortib oluvchisi yo‘q bo‘lgan odam bo‘ladi. Farzandning har bir qilgan yaxshiligidan unga ulkan yaxshilik etadi va xursand bo‘ladi. Shu ishda davom etsa qiyomat kuni ota-onasiga ulkan yaxshiliklar qilganlar safida bo‘ladi. Chunki ota-onaga yaxshilik qilish faqat tirikligida emas, balki vafotidan keyin ham qilsa e’tiborga olinadi. Alloh taolo “Toha” surasida marhmat qiladi:   وَإِنِّي لَغَفَّارٌ لِّمَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا ثُمَّ اهْتَدَى۝  82. Albatta, Men tavba qilgan, iymon keltirib, solih amal qilgan, so‘ngra hidoyatda yurganlarni ko‘plab mag‘firat qiluvchiman. Ota-onaning haqqiga istig‘for aytib qo‘yishnigina o‘zi kifoya qilmaydi. Ota-onaning farzandiga kim bo‘lishining farqi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:54 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar