Kitob tarjimasi

Assalomu alaykum! Instagram sahifasida bir kitobni ya’ni The Divine Reality(Ilohiy mohiyat) nomli, muallifi Hamza Andreas Tzortzis bo‘lgan kitobni tarjima qilishga qo‘l urishgan va bu ishga ingliz tilini yaxshi biladigan ko‘ngillilar yig‘ishyapti. Kitob aslida ateizmning saroblari haqida yozilgan ekan. Tarjima bitgandan keyin ustozlarga tekshirtitilarkan. Shunga savob niyatida qo‘shilishni xohlayapman. Shunga sizlardan ruxsat so‘ramoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muallifdan ruxsat olgan bo‘lsangiz va ish so‘ngida ahli ilmga tekshirtirsangiz, tarjima qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

15 Iyun 2022, 17:20 | Savol-javoblar | 181 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar