Ezgu tilaklar

Assalomu alaykum! Ustozlar  savol berishdan oldin sizlarga qalbimdagi ezgu tilaklarimni etkazib olay. Avalo sizlarga savol yuborib dinimizni o‘rganish sharafiga muyassar qilgan Alloh taloga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin. Bizni oxiratda shafotchimiz bo‘lgan, Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga cheksiz salovat salomlar bo‘lsin. Bizga  dinimizni yaxshi  o‘rganishimizga sababchi bo‘lgan ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlaridan Alloh rozi bo‘lsin. Ustozlar mana Alloh hidoyat qilib va sizlarni sababchi qilib dinimizni yanada yaxshiroq o‘rganyapmiz. Sizlarni musulmonlar uchun qilayotkan bu juda katta savobli ishlaringizni Alloh savobini ko‘paytirib bersin va qilayotgan xizmatlaringizdan biz ham yaxshi foydalanib, yaxshi xulosa qilib, xulqimizni poklab yurishimizni Alloh nasib etsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tashakkur. Alloh taolo barchamizga sof dinini o‘rganib va unga amal qilishimizga tavfiq bersin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:54 | Savol-javoblar | 197 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar