Tijoratdagi g‘oyani o‘g‘irlash

Assalomu alaykum! Biz tijoratchimiz, 8-10 yildan beri bir maxsulotni brend ostida savdo qilamiz. Shu maxsulotni olib kirib uni nomini chiqarib ko‘targuncha ancha mexnatimiz singan, xozirda bir qo‘shni tadbirkor xuddi shu maxsulotni joyini bizni reklama orqali bilib olib, o‘zi olib kirib tayyor savdo qilib turibdi. Bu tadbirkor boshqalarga xam shu ishni qilar ekan, ya’ni kimni maxsulotini savdosi yaxshi bo‘lsa so‘ramay netmay olib kirib tayyor yurgan ishni savdosini qilaveradi. Shu masalada shariyatimizda u yoki bu ta’qiqlar bormi, bunday odamlarga nima chora ko‘rsa bo‘ladi. Birovni tayyor g‘oyasini o‘g‘irlab savdo qilishmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilishlariga shar’an monelik yo‘q. Sizlar baxillik qilmanglar. Ko‘proq foyda ko‘rishni istasangiz o‘zingiz yangi mahsulot ishlab chiqarib o‘z brendingiz ostida savdo qiling. Vallohu a’lam!

21 Iyun 2022, 23:42 | Savol-javoblar | 143 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar