Qasida o‘qiydigan domlalar
Assalomu alaykum! Hozirda ko‘plab odamlar domlalarga borishadi. Ularni “qasida domla” deyishadi. Shu ishlar shirk deb hisoblanadimi? Inson o‘ziga xatmona o‘qisa bo‘ladimi? O‘tganlar uchun o‘qilishini bilardim, lekin tiriklarga o‘qilishini bilmayman. Shunga aniklik kiritib bersangiz iltimos. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol/17446 عَنْ عَوْفِ بْنِ مَالِكٍ الْأَشْجَعِيِّ، قَالَ: كُنَّا نَرْقِي فِي الْجَاهِلِيَّةِ فَقُلْنَا يَا رَسُولَ اللهِ كَيْفَ تَرَى فِي ذَلِكَ فَقَالَ: «اعْرِضُوا عَلَيَّ رُقَاكُمْ، لَا بَأْسَ بِالرُّقَى مَا لَمْ يَكُنْ فِيهِ شِرْكٌ Avf ibn Molik Ashja’iy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Johiliyatda ruqya o‘qir edik : “Ey Allohning rasuli bu haqida nima deysiz” dedim. U zot : “Ruqyalaringizni menga ko‘rsatinglarchi. Modomiki ruqyada shirk bo‘lmas ekan zarari yo‘q” dedilar". Muslim rivoyati. Ushbu hadisga binoan dam solishning zarari yo‘q. Endi ularning o‘qiydigan narsalari nimalardan iboratligini bilish kerak. agar ichida shirk bo‘lmasa zarari yo‘q. Xolis Alloh taolo uchun xatm qilinganda savob hosil bo‘ladi. U savobni o‘tganlarga ham, tiriklarga ham bag‘ishlash mumkin. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 171 | Aqiyda