Ikkinchi rakatda salovat o‘qish

Assalomu alaykum! Men namozda ikkinchi rakatdan so‘ng, bu sunnat yoki farz namozi bo‘ladimi "attaxiyat"ni o‘qib bo‘lib ko‘pincha ketidan o‘zim bilmagan xolda salovotni o‘qib ketaman va yarmida vay salovotni o‘qiyapman deb baribiram salovotni oxirigacha o‘qib keyin uchinchi rakatga turaman. Lekin noto‘g‘ri namoz o‘qidim deb qaytadan o‘qimiman. Men bunday o‘qishni odat qilmaganman lekin o‘zidan o‘zi ketidan qo‘shib o‘qib ketaman. Bu namozni qaytadan o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar birinchi qa’dada tashahhudni takror o‘qisa yoki «Allohumma solli ala Muhammad»gacha o‘qib yuborsa, uchinchi rak’atga turishni kechga surgani uchun sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi. Agar sajdai sahv qilmay namozni tugatgan bo‘lsa namozi makruhlik bilan ado bo‘lgan bo‘ladi. Modomiki o‘sha namozning vaqti chiqib ketmagan bo‘lsa namozni qayta o‘qiydi. Agar vaqti chiqib ketgan bo‘lsa namozni qayta o‘qimaydi. Vallohu a’lam!

22 Iyun 2022, 18:32 | Savol-javoblar | 238 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar