2000

Assalomu alaykum! Biz broker kompaniyada ishlaymiz. Biz amerika bo‘ylab mashinalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish bilan shug‘llanamiz. Mashinasini ko‘chirmoqchi bo‘lgan odamlarga avvalgi savdo narxlariga qarab taxminiy narx taklif qilamiz va raqobatchilarimizdan ko‘ra pastroq narx berib xaridorlarni jalb qilishga harakat qilamiz. Muammo shundaki agar biz balandroq narx bersak raqobat juda kuchliligi sabab xaridorlar biz bilan ishlashga rozi bo‘lishmaydi. Ammo hamma past narx beraverganidan narxlar aslidagidan ko‘ra juda tushib ketgan va hozirda bozorda narx mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan darajada past aytiladi.Lekin bu yuklarni tashish narxi xaridor biz bilan ishlashga rozi bo‘lgandan so‘ng ko‘tariladi. Ya’ni bizdan yukni oladiga yuk mashinasi haydovchilari bizga baland narx olishlarini ma’lum qilishgandan so‘ng biz xaridorga qayta qo‘g‘iroq qilib haydovchi kelishilgandan qimmat so‘rayotganini aytamiz. Lekin biz ham avval boshda haydovchi ma’lum bir yuk uchun aynan qancha so‘rashini haydovchi topgandagina bilamiz. Ammo, boshida, biz xaridorga bu taxminiy narx deb aytamiz lekin, har doim emas ba’zan uni o‘zimiz bilan ishlasin raqobatchilar olib ketmasin deb ha bu garantiya berilgan narx deb aytamiz, chunki ular boshidanoq aniq narx ta’lab qilishadi. O‘z o‘rnida aksar xaridorlar hamma kompaniya ham taxminiy narx beradi ularga ishonmang aldab past narx berib sizni o‘ziga og‘dirib olmoqchi desak baribi ishonmay telefonni qo‘yib qo‘yishadi. Savolim shuki biz past narx berib xaridorni jalb qilamiz va o‘z o‘rnida bu taxminiy narx lekin haydovchi topishimiz bilan sizni yukinggizni ko‘chbirib manzilga olib borish uchun talab etiladigan aniq summani sizga xabar beramiz deb ishlasak. Va lekin taxminiy narxni past berib tursak gunoh bo‘ladimi? Va siz umumiy bu besinisga qanday hukum qilasiz? Va biz uchun qanday qilib ishlashni tavsiyz qilasiz.Aniq misollar bilan yoritib bering, iltimos. Qanday qilib xaridorni halol yo‘l bilan olib qola olamiz? Boshida past narx bersak lekin u narx bu ishni bajarishga kamligi ehtimoli yuqori bo‘lsa.... Aytishim kerakki sar hauling brokerage O‘zbekistonda juda shiddat bilan rivojlanmoqda va yoshlar bunda katta maosh olishmoqda.Lekin ishimizda shu yuqoridagi kabi yolg‘onlar ko‘p.Bizga halol yo‘lini yoritib ochib bering. Payg‘ambarimiz s.a.v qanday savdo qilganlar? Aniq va batafsil javob kutib qolamiz.Chunki bu aksar yoshlar taqvosi uchun juda muhum.Katta pul tushadigan besiness bo‘lgani uchun hammani jalb qiladi. Halol yo‘lini va halollik shartlarini albatta hozirdan bilishimiz kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom shariati yolg‘on, makr va hiylani harom qilgan. Yuk tashuvchi rozi bo‘lmasligini bila turib mijozga past narx aytib uni o‘zingizga jalb qilish aldovdan boshqa narsa emas. Yuk tashuvchi rozi bo‘ladigan narxnigina aytishingiz mumkin. Eng afzali esa ishingizni qaytadan ko‘rib chiqing. Tahminiy narx aytishni bas qiling. Haydovchilar bilan doimiy shartnoma tuzing va muayyan me’yor bilan narxni belgilashga kelishib oling (misol uchun falon og‘irlik va o‘lchamdagi yukni falon masofaga olib borish falon so‘m kabi). So‘ngra mijozlarga o‘sha o‘zgarmas narxni taklif qiling. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2023, 18:52 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar