Oq bo‘lib qolmaymanmi?

Assalomu alaykum! Men islomiy bo‘lmagan, dindan uzoqda, (evropeski, ruslashgan oila)da tug‘ilganman, ayollar va qizlarga deyarli hamma narsa mumkin erkin. Lekin Alloh qalbga solaman desa hech narsa emas ekan. Alhamdulillah men namoz o‘qiman, hijobdaman (hijob o‘ragan vaqtimda uydailarim echishim uchun oyatlarga qarshi borib Qur’onni tan olishmagan). Qur’on o‘qiyman, hozirda arab tilini o‘rganyapman. Yaqinda uyimizga islomiy judda yaxshi oiladan sovchi keldi, ularning oilasi menga yoqdi va rozilik berdim, lekin uyimdagilar ular diniy oila bizga to‘g‘ri kelmaydi deb qarshilik bildirishdi. Savolim: Agarda men uyimdagilar roziligisiz u insonga turmushga chiqsam ota-onamga oq bo‘lib qolmaymanmi? Lekin men o‘z oilamda, ular menga "topishgan" o‘sha ozlariga "munosib" oilada kelajagimni ko‘ra olmayapman, kelajakda farzandlarimni munosib ummat bo‘lib voyaga etishlari uchun ham shu ishni qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga maslahatimiz, nima qilib bo‘lsa ham ota onangizni rozi qilib keyin turmush quring. Ularni qalbini yumshatadigan yo‘llarini qiling. Vallohu a’lam!

28 Iyun 2022, 20:47 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar