Jamoa mulki
Assalomu alaykum! Jamoadan yig‘ilgan puldan pulni keyinroq o‘rniga qaytarib qo‘yish sharti bilan ishlatish mumkinmi va bu puldan ishlatilib sotib olingan maxsulotning hukmi qanday. Masalan ishxonalarda turli masalalar yuzasidan pul yig‘iladi va pul kerakli o‘ringa sarflangandan so‘ng qolgan pullar yig‘ilib boradi va ishxonaning ma’lum bir ishchisida saqlanadi. Mazkur ishchi o‘zidan saqlanayotgan ishxonadagilarning zaxira pulidan ishlatadi va ishxonadagilarga zarur bo‘lib qolguncha pulni joyiga qaytaradi. Bundan ishxonadagilar bexabar. Savol: mazkur pullardan jamoadagi larni ogohlantirmasdan mahsulot sotib oldi. Mazkur mahsulotning hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda yig‘ilayotgan pullar pul yig‘uvchining qo‘liga qarz emas, balki omonat sifatida topshiriladi. Omonatga qo‘yilgan pullarni egalarining roziligisiz ishlatish joiz emas. Agar ishlatsa xoin hisoblanadi. Ishlatgan pullarini va ulardan ko‘rilgan foydani (agar foyda ko‘rgan bo‘lsa) joyiga qaytarishi shart. Vallohu a’lam!
28 Iyun 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom