Ish o‘zgartirish
Assalomu alaykum! Xolatim quyidagicha: men bir firmada ishlar edim. Oyligim tayin qilingan extiyojlarimga etib turardi. Ammo yangi narsalarni o‘rganishga, ish jarayonida yangi bilimlarni olishga rag‘batsiz bir joy. Xodimning ilm olishga ishtiyoqi ish beruvchiga qiziq emas. Faqat xisob to‘g‘ri bo‘lsa bas. Yoshim 28da. Yangiliklarga, texnologiyalarga, programmalashga qiziqishim bor va vaqt o‘tishi bilan shu ishimga moslashib dangasalashib borayotganimni sezdim. Shogirdim bor, unga o‘rgatadigan narsam qolmadi xisob. Shu joyida o‘zimga xam biror foydali ilm o‘rgatadigan ustoz kerakligini xis qilib, ariza yozib ishdan bo‘shadim. Xozir yangi ishga sinov muddatidaman. Ko‘nglimda qandaydir qo‘rquv, g‘ashlik. Payg‘ambarimizni xadislariga qarshi bir ish qilib qo‘ydimmi, shukr qilmadimmi boriga degan. Kimniki bir kasbdan kuni utib turgan bo‘lsa toki shu kasbni o‘zi o‘zgarmagunicha o‘zi o‘zgartirmasin. Savolim shuki tutgan yo‘lim xatomi? Insonning peshonasiga yozilgan rizqini uning niyati va amallariga qarab Alloh taolo o‘zgartiradimi? Yani shukr qilmasa rizqi kamayishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kishi biror bir kasbda baraka topsa o‘sha kasbni lozim tutishi, boshqasiga o‘tmasligi mustahabdir. عن أنس بن مالك قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم من أصاب من شيء فليلزمه رواه ابن ماجهAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim biror tarafdan (nasibaga) erishsa uni lozim tutsin” dedilar.
Ibn Moja rivoyati.
Ya’ni, bandaga biror tarafdan rizq eshigi ochilsa o‘sha sababni lozim tutsin, uni qo‘yib yubormasin, uni tark qilib boshqasiga o‘tib ketmasin. Chunki sabablar har kimga ham muvofiq kelavermaydi. Baraka topib turgan ishini tark qilib, boshqa sababni ushlasa, unda o‘shanday barakani topa olmay qolishi mumkin. Shunday ekan, kishi modomiki bir ishdan rizqlanib turgan ekan, toki unda baraka yo‘qolmagunicha boshqasiga o‘tmagani afzal.
Ibn Abu Shayba Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilgan asarda:
“Kimki bir narsada uch marotaba tijorat qilsayu unda muvaffaqiyatga erishmasa boshqasiga o‘tsin” deganlar.
Ammo boshqa kasbga o‘tishlikka biror shar’iy sabab bo‘lsa uni o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Bunga o‘sha kasbning musulmonlarga foydasi bo‘lmay qolgani yoki ularning zarariga ishlay boshlagani, yoki insonlar orasida boshqa bir kasb yo‘qolib ketayotgani yoki ularning bir kasbga ehtiyoji ko‘paygani uchun uni o‘z zimmasiga olib farzi kifoyani ado qilmoqchiligi misol bo‘ladi. Vallohu a’lam!
29 Iyun 2022, 10:36 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat