Ichadigan inson bilan birga kvartirada turish

Assalomu alaykum! Biz bir guruh talabalar AQShda birga yashaymiz. Ichimizda ba’zida uyga ichimlik olib kelib iste’mol qiladigani ham bor. Nima qilsang ham ko‘chada qil, uyga olib kelma deyilsa ham foydasi bo‘lmadi. Qanday yo‘l tutishni maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar bir-biringizni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishingiz lozim. Bu esa “nima qilsang ham ko‘chada qil” deyish bilan bo‘lmaydi. Bu gapni aytishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Barchangiz bir majlisda yig‘ilib islomni mahkam tutishga ahdlashib olinglar. O‘zingizning taqvoingiz, ibodatingiz, xulqingiz bilan o‘sha sheriklaringizga o‘rnak bo‘linglar. Sizlarni ko‘rib ular albatta bu ishlarini to‘xtatadi. Vallohu a’lam!

29 Iyun 2022, 12:06 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar