Iftor qilib bo‘lgacha azon eshtilsa

Assalomu alaykum! Kuni kecha barot oyida tutadigan ro‘zani ochish payti keldi xamda iftorlik qildik va xonadan xovliga chiqsak azon ovozi eshtildi. Og‘iz ochish shom namozi azonidan keyinmi yoki oldinmi(buni qasddan qilmadik, agar xato bo‘lsa). Dadam agar ro‘zani qasddan buzsa ketma ket 61 kun davomida tutib berishi kerak dedilar. Qaysidir maruzada eshtgan ekanlar. Bu gap nafl ro‘zasigayam tasiri bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taqvimdagi vaqti kirgan bo‘lsa ro‘zangiz durust bo‘ladi. Muazzinlar odatda 3-4 minut o‘tkazib azon aytishadi. Ramazon ro‘zasidan boshqasini buzganligiga 61 kunlik  kafforat vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 05:51 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar