Istixora qilgan edim
Assalomu alaykum Hurmatli Shayx Hazratlari.Yaqin kunda xorijga kelganimga bir yil boladi va shartnoma muddati tugaydi. Xohlasam, yana shartnoma tuzish yoki boshqa korxonaga o‘tishim mumkin. Bu mamlakatdagi korxonalarda ibodatga ruxsatni juda qiyinchilik bilan beradi. Lekin, Alhamdulillah, bu erda ruxsat bergan. Lekin ish judayam qiyin. Juda issiq va o‘ta og‘ir. Shuning uchun istixora qilgan edim. Sahyx Hazratlari, agar korxonadan chiqsam boshqa korxonaga ishga kirish uchun uch oy muhlat beriladi. Men ishdan chiqib shu uch oy ichida bir oyga uyga borib kelaman deb niyat qilgan edim. Sababi yangi korxona bir qancha muddatgacha otpuska bermaydi. Istixora qilgan kunlarimda bir necha marta tushimda uyda yurganimni, qarindoshlarning ziyoratiga borganimni ko‘rdim va buni korxonadan chiqishga va uyga borib kelishga ishora deb bildim. Shu ta‘birim tog‘rimi? Korxonani o‘zgartirish diniy va dunyoviy ishlarimda katta ahamiyatga ega bo‘lgani uchun qimmatli vaqtingizni olib so‘rashga jur‘at etdim.Javobingiz uchun oldindan rahmat.P. S. Ukam, Inshaalloh, men borgan kunlarda farzandli bo‘ladi. Farzandli bo‘lsam to‘y qilaman deyapgan edi. Hatto bir istixora qilgan kunimda o‘sha to‘yda yurgan emishman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Menimcha to‘g‘ri.
2 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 159 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Menimcha to‘g‘ri.
2 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 159 | Aqiyda