Bo‘lib to‘lashga olingan uyni pulidan zakot
Assalomu alaykum! Men 20 oyda bo‘lib to‘lash uchun uy olgandim. Uyni olishda niyat yoki tikuv mashinasi kabi ijaraga berib foydalanish yoki bir tanish uyi yo‘q oilaga yashab foydalanishi uchun berib turish edi. Hozir uyni 13 oy to‘lovini to‘lab bo‘lganman. Zakot beradigan vaht keldi. Zakot chiqarayotganda uy uchun to‘langan puldan ham chiqaramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uy uchun to‘lanib bo‘lgan puldan zakot chiqarilmaydi. Qo‘lidagi nisobga etgan (27,200,000 so‘m)dan zakot berish to‘g‘risida ikki xil fatvo berilgan. Quyida shu masalaning tafsiloti bilan tanishasiz:Savol: Zakot berishda uzoq muddatli qarzlar ham chiqarib yuboriladimi? Masalan: Besh yilda uzish sharti bilan yigirma million qarz olib, uy sotib olsa va qo‘lida o‘n-o‘n besh million puli bo‘lsa, u kishiga zakot vojib bo‘ladimi?Javob: Qarz ikki turga bo‘linadi. Mu’ajjal va muajjal, ya’ni naqd berilishi kerak bo‘lgan va keyinchalik berilishi kerak bo‘lgan qarz. Savoldagi qarz muajjal, ya’ni keyinchalik berilishi vojib bo‘lgan qarzga kirib, u zakot berishni man qilmaydi. وَقَالَ الصَّدْرُ الشَّهِيدُ : لَا رِوَايَةَ فِيهِ، وَلِكُلٍّ مِنْ الْمَنْعِ وَعَدَمِهِ وَجْهٌ زَادَ الْقُهُسْتَانِيُّ عَنْ الْجَوَاهِرِ : وَالصَّحِيحُ أَنَّهُ غَيْرُ مَانِعٍ وَعَنْ أَبِي حَنِيفَةَ لَا يُمْنَعُAbu Hanifadan qilingan rivoyatda: «(Zakot) man qilinimaydi», deyilgan.Sodrushshahid aytdi: «Bu borada rivoyat yo‘q. Lekin man qilish va man qilmaslikning ham dalillari bor. Ko‘histoniy Javharadan ziyoda qilib: «Sahih gap shuki, muajjal qarz zakot berishni man qilmaydi», dedi («Roddul muxtor», 2-jild, 5-bet). Shuning uchun qo‘lidagi boridan zakot beradi» (Muhammad Taqiy Usmoniy). Ba’zilar: «O‘sha yilda beradigan qarzini chiqarib yuborib, qolganidan beradi», deganlar (Xolid Sayfulloh Rahmoniy. Hind fiqh akademiyasi raisi). Avvalgisi ehtiyotliroqdir. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 150 | Zakot