Siydik tomchilashi
Assalomu alaykum! Menda peshob kilgandan keyin va oldin 1 yoki 2 tomchi bir narsa tomib kolyapti. Men xar namozdan oldin yarim soat oldin peshob kilib. Peshob kilgandan keyin salfetka kuyib, sung yurib, sakrab, kolgan kutganini chikarishga xarakat kilyapman. Keyin salfetkani almashtirib yana olatni uzini yuvib taxoratni xar namozga boshkatdan olib namoz ukib yuribman. Savolim shundaki odatdagi kun sharoitida ushbu aytib utgan ishlarimni kilish muammo iugdirgani yuk. Lekin safarga kup chikaman shunda men nima kilaman. Men saxalinda sovuk ulkada yashayman. Bazida taxorat kilishga sharoit yuk buladi, bazida 13:30 peshin vakti busa men 10:00 da taxorat olib safarga chikib shu 10:00 da olgan taxoratim bilan peshin ukisam buladimi. Bazan tomchi salfetkadan utib ketadi bazida salfetkam joyidan kimirlab ketadi. Ichki kiyimni kunlab almashtirishga sharoit bulmaydi. Shunaka paytda ichki kiyimni xukmi kanaka buladi. Ichki kiyimga yuvsam unda battar shamollataman. Chunki bizda -35 sovuk buladi. Shunga tulik bir malumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratingiz sinmagan bo‘lsa, u bilan qachon bo‘lsa ham namoz o‘qishingiz mumkin. Najosat badan yo kiyimga afv miqdoridan oz hajmda tekkan bo‘lsa, sovuq tufayli uni yuvishni ortga sursangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 179 | Namoz