Moliyaviy kompaniya uchun programma ishlab chiqarish

Assalomu alaykum! Menga moliyaviy kompaniyada ishga taklif qilishyapti. Ularning asosiy ish tizimi qimmatli qogozlar oldi sottisi bilan bogliq. Yani istagan odam ularning saytiga kirib aytaylik Apple kompaniyasining ulushini harid qilishi va sotishi mumkin. Mening vazifam ular uchun yararatilgan programma (prilojenie)ni to‘g‘ri ishlayaptimi yo‘qmi shuni tekshirish, xatoliklarni raport qilib berish, shu programmani ishlab chiqishda yordamlashishdan iborat bo‘ladi. Hamma qimmatli qogozlar savdosi ham harom bo‘lmaydi, halol ish va mahsulot bilan shug‘ullanadigan kompaniyalarning ulushiga ega bolish harom emas deb o‘qidim lekin moliyaviy bozorda har xil kompaniyalar bor... Meni havotirga solayotgan joyi shundaki, men riboga yordamchi bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Faoliyatida harom ishga yordam berish mavjud bo‘lmasa hamkorlik qilish joiz. Vallohu a’lam!

4 Iyul 2022, 17:39 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar