Ota xohlasa farzandini sotib yuborishi haqidagi rivoyat
Assalomu alaykum! Bir do‘stimning otasi shunday dedi; islomda shunday rivoyat bor ekan. Bir farzand Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib otasidan arz qilibdi, otam topgan pulimni har-hil ishlarga, meni so‘rog‘imsiz sarflab yuboryaptilar deb. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “sening topgan puling, moling va o‘zing shu otangniki u hatto seni sotib yuborishga ham haqqi bor” dedilar. Shu rivoyat qanchalik ishonchli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu rivoyat bor, lekin “u hatto seni sotib yuborishga ham haqqi bor” degan joyi yo‘q. U hadisni sahihligi va ma’nosi borasida ulamolar ixtilof qilishgan. Chunki o‘g‘il vafot topsa otaga merosdan tegadigani oltidan bir bo‘ladi xolos. Qolgani boshqa merosxo‘rlarga tegadi. Shundan ma’lum bo‘ladiki bu hadisning ma’nosi “ota-ona ehtiyoji bo‘lsa farzandining molidan ishlatishi mumkin” bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:31 | Savol-javoblar | 136 | Siyrat va tarix