Moma havo

Assalomu alaykum! Odam alayhissalom yaratilganlarida ularning chap qovurg‘laridan Moma Havo yaratilgan deb yuritilgan. Lekin bazi joylarda bunday deyish xato deb ham yuritilgan bularning qaysi biri to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson bilmagan narsasining dushmani bo‘ladi. “bunday deyish xato” deganlar qo‘llariga kitob olib o‘qisalar gaplarini xatoligini bilib olishar edi. Qur’oni Karimda dastavval Odam yaratilib, jufti undan xalq qilingani uqtirilgan bo‘lsa‑da, bu juftning Odamning qaysi a’zosidan yaratilgani haqida hech narsa deyilmagan. Bu haqda hadisi shariflarda quyidagicha keladi:عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : اسْتَوْصُوا بِالنِّسَاءِ، فَإِنَّ الْمَرْأَةَ خُلِقَتْ مِنْ ضِلَعٍ، وَإِنَّ أَعْوَجَ شَيْءٍ فِي الضِّلَعِ أَعْلَاهُ، فَإِنْ ذَهَبْتَ تُقِيمُهُ كَسَرْتَهُ، وَإِنْ تَرَكْتَهُ لَمْ يَزَلْ أَعْوَجَ، فَاسْتَوْصُوا بِالنِّسَاءِAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayollarga (yaxshi) muomala qilinglar, chunki ayol qovurg‘adan yaratilgandir. Qovurg‘aning eng qiyshiq joyi uning yuqorisidir. Uni to‘g‘rilashga urinsang, sindirib qo‘yasan, agar tashlab qo‘ysang, qiyshiqligicha qolaveradi. Bas, ayollarga (yaxshi) muomala qilinglar!» dedilar». (Oltin silsila kitobidan ""Sahihul Buxoriy").عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ كَانَ يُؤْمِنُ بِاللهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَلَا يُؤْذِي جَارَهُ، وَاسْتَوْصُوا بِالنِّسَاءِ خَيْرًا، فَإِنَّهُنَّ خُلِقْنَ مِنْ ضِلَعٍ، وَإِنَّ أَعْوَجَ شَيْءٍ فِي الضِّلَعِ أَعْلَاهُ، فَإِنْ ذَهَبْتَ تُقِيمُهُ كَسَرْتَهُ وَإِنْ تَرَكْتَهُ لَمْ يَزَلْ أَعْوَجَ، فَاسْتَوْصُوا بِالنِّسَاءِ خَيْرًا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ وَفِي رِوَايَةٍ: إِنَّ الْمَرْأَةَ خُلِقَتْ مِنْ ضِلَعٍ لَنْ تَسْتَقِيمَ لَكَ عَلَى طَرِيقَةٍ، فَإِنِ اسْتَمْتَعْتَ بِهَا اسْتَمْتَعْتَ بِهَا وَبِهَا عِوَجٌ، وَإِنْ ذَهَبْتَ تُقِيمُهَا كَسَرْتَهَا وَكَسْرُهَا طَلَاقُهَا.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin va ayollarga doimo yaxshilik qiling! Chunki ular qovurg‘adan yaratilgandirlar. Albatta, qovurg‘aning eng egri joyi yuqori qismidir. Agar uni to‘g‘rilayman deb urinsang, sindirasan. Agar uni tek qo‘ysang, egriligi bo‘yicha qolur. Bas, ayollarga doimo yaxshilik qiling!» dedilar».

Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Boshqa bir rivoyatda: 
«Albatta, ayol kishi qovurg‘adan yaratilgandir. U sen uchun bir yo‘lda mustaqim turmas. Agar sen undan egriligicha huzurlansang, huzurlanib qolding. Agar uni to‘g‘rilayman desang, sindirasan. Uning sinishi talog‘idir», deyilgan. Vallohu a’lam!

4 Iyul 2022, 20:09 | Savol-javoblar | 176 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar