“Xo‘roz so‘yib bo‘lsa ham uylaninglar” - xadismi?

Assalomu alaykum! “Xo‘roz so‘yib bo‘lsa ham uylaninglar” mazmunida xadis mavjudmi? Adashmasam, 10 yillar avval o‘qigandim, endi topolmayappan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadisni bilmaymiz. Ammo xo‘roz emas qo‘y haqida kelgan hadis bor. عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَمَّا قَدِمَ الْمُهَاجِرُونَ الْمَدِينَةَ آخَى رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَيْنَ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ وَسَعْدِ بْنِ الرَّبِيعِ، فَقَالَ لِعَبْدِ الرَّحْمَنِ: إِنِّي أَكْثَرُ الْأَنْصَارِ مَالًا فَأَقْسِمُ مَالِي نِصْفَيْنِ بَيْنِي وَبَيْنَكَ، وَلِيَ امْرَأَتَانِ فَانْظُرْ أَعْجَبَهُمَا إِلَيْكَ فَسَمِّهَا لِي أُطَلِّقْهَا، فَإِذَا انْقَضَتْ عِدَّتُهَا فَتَزَوَّجْهَا، قَالَ: بَارَكَ اللهُ لَكَ فِي أَهْلِكَ وَمَالِكَ، أَيْنَ سُوقُكُمْ؟ فَدَلُّوهُ عَلَى سُوقِ بَنِي قَيْنُقَاعَ، فَمَا انْقَلَبَ إِلَّا وَمَعَهُ فَضْلٌ مِنْ أَقِطٍ وَسَمْنٍ، ثُمَّ تَابَعَ الْغُدُوَّ إِلَى السُّوقِ، ثُمَّ جَاءَ يَوْمًا وَبِهِ أَثَرُ صُفْرَةٍ، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَهْيَمْ؟ قَالَ: تَزَوَّجْتُ امْرَأَةً مِنَ الْأَنْصَارِ، قَالَ: كَمْ سُقْتَ إِلَيْهَا، قَالَ: وَزْنَ نَوَاةٍ مِنْ ذَهَبٍ، فَقَالَ: أَوْلِمْ وَلَوْ بِشَاةٍ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Muhojirlar Madinaga kelganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdurrahmon ibn Avf va Sa’d ibn Robiy’larni birodar qilib qo‘ydilar. Bas, u Abdurrahmonga:
«Men ansoriylar ichida eng moli ko‘p odamman. Molimni o‘zim bilan sening oramizda ikkiga bo‘laman. Mening ikki xotinim bor. Sen qarab, qay biri senga yoqsa, uning ismini menga ayt. Men uni taloq qilay, iddasi chiqqandan so‘ng sen unga uylan», dedi.
«Alloh senga ahlingda va molingda baraka bersin. Bozoringiz qaerda?» dedi.
Uni Banu Qayniqo’ bozoriga yo‘lladilar. U o‘sha erdan qurt va sariyog‘ bilan qaytdi. Keyin bozorga borishni davom ettirdi. So‘ngra u bir kuni o‘zida sariq rangning asari bor holda keldi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bu nima?» dedilar.
«Ansoriylardan bir ayolga uylandim», dedi.
«Unga qancha narsa berding?» dedilar.
«Bir danak og‘irligida oltin», dedi.
«Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham to‘y qil», dedilar».
Uchovlari rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 147 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar