Shovqin tufayli jaxriy namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Barchamiz bilamiz, ayol kishi namozini ovozi uziga eshitiladigan darajada ukishi lozim, unday bulmasa farz ado bulmagan xisoblanadi. Kuni kecha juda kattik yomgir yoggani sababli namoz ukietganimda ovozim uzimga eshitilmadi, sung biroz balandlatdim. Bir payt ukam oldimga kelib, karab turib sung ketdi. Shundan bildimki ovozim boshka xonaga eshitilgan. Sung pastlatdim, ln uzimga eshitilmadi, shu tarzda namozni tugattim. Savolim, biror bir shovkin sababli ayol kishi jaxriy namoz ukishi joizmi? Namozim ado bulganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozingiz durust bo‘lgan. Vallohu a’lam!

4 Iyul 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar