Savdo hukmi

Assalomu alaykum! Men oziq-ovqat do‘konida ishlayman mening yonginamda dorixona bor. Bir dorining ustida tsennik(narx qo‘yadigan pistolet) bilan 17000 so‘m narx qo‘yilgan bo‘lsayu, xaridorga narxini ko‘chirib tashlab 20000 so‘mga sotsa bo‘ladimi? Dorixona boshlig‘i o‘rtog‘im 1 doriga 17000 narx yozib qo‘ygan ekan, ukasi esa sotuvchilik qilib klientga narxini ko‘rib turib 20000 so‘mga sotyabdi. Shunga guvoh bo‘lib qoldim, shu narsani huqmi qanaqa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu sotuvchi va do‘kon egasi o‘rtasidagi kelishuvga bog‘liq. Sotuvchiga tovarga ustama narx qo‘yish va uni o‘ziga olib qolishga ruxsat berilmagan bo‘lsa o‘sha oshiqcha 3000 so‘m unga harom. Shu vaqtgacha qancha ustama qo‘yib sotgan bo‘lsa barchasi dorixona egasinikidir. Vallohu a’lam!

12 Iyul 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 199 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar