Niyatni yaxshi qilib qaytarilgan narsalarni qilish to‘g‘rimi?

Assalamu alaykum, xurmatli Shayx! Men ba’zi ma’ruzalarda “tug‘ilgan kun (yangi yil) qilish islom dinida mumkinmas, kim boshqa qavmning bayramini qilsa, o‘sha qavmda tiriladi” mazmunidagi gapni eshitgan edim. Shu sababdan bunaqa bayramlarni nishonlamayman. Lekin masjidimiz domlasi “niyatinglarni to‘g‘ri qilib, shu yilga sog‘ salomat etib keldik” deb, bayram qilishinglar mumkin” debdi. Niyatni yaxshi qilib qaytarilgan narsalarni qilish to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Masjidingiz imomi noto‘g‘ri gapni aytibdi. Islomda qilingan ish to‘g‘ri bo‘lishi uchun ham niyat, ham amal shariatga to‘g‘ri kelishi lozim.

26 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar