Namozda rak’atni unutish

Assalomu alaykum! Namozda nechanchi rak’atga kelganingni unutib qo‘ysang nima qilishing kerak? Yolg‘iz namoz o‘qiganimda, xayol olib qochgan paytida quyidagi vaziyat bo‘lgani uchun savol bermokdaman: Uchinchi rak’atga keldimmi yoki to‘rtinchigami bilmay qoldim. Agar «3-ga turgan bo‘lsam, unda 2-dagi attaxiyot o‘qidimmi, yo‘qmi?», degan savollar bilan o‘ylanib qoldim. Bunday xolat yuz berganda nima qilish kerak?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! NAMOZDAGI ShAK HAQIDAGI FASL شَكَّ أَوَّلَ مَرَّةٍ أَنَّهُ كَمْ صَلَّى؟ اسْتَأْنَفَ، وَإِنْ كَثُرَ أَخَذَ بِغَالِبِ ظَنِّهِ، وَإِنْ لَمْ يَغْلِبْ فَبِالْأَقَلِّ، لَكِنْ يَقْعُدُ حَيْثُ تَوَهَّمَهُ آخِرَ صَلَاتِهِ Birinchi bor qancha o‘qigani haqida shakka tushgan odam namozni yangitdan o‘qiydi. Agar shaki ko‘paygan bo‘lsa, gumonining g‘olib tarafini oladi. Agar g‘olib bo‘lmasa, ozini oladi. Lekin namozining oxiri deb o‘ylagan joyida o‘tiradi.Qancha o‘qigani haqida birinchi bor shakka tushgan odam namozni yangitdan o‘qiydi. Namozda necha rak’at o‘qiganini bilmay, shak qilib qoldi. Uchmi, to‘rtmi, bilmaydi. Agar bu uning umridagi birinchi unutishi bo‘lsa, namozni yangitdan boshlaydi.Agar shaki ko‘paygan bo‘lsa, gumonining g‘olib tarafini oladi. Agar unutishi ko‘p bo‘lsa, g‘olib gumonga bino qiladi.عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «إِذَا شَكَّ أَحَدُكُمْ فِي صَلَاتِهِ فَلَمْ يَدْرِ كَمْ صَلَّى ثَلَاثًا أَمْ أَرْبَعًا فَلْيَطْرَحِ الشَّكَّ، وَلْيَبْنِ عَلَى مَا اسْتَيْقَنَ، ثُمَّ يَسْجُدُ سَجْدَتَيْنِ قَبْلَ أَنْ يُسَلِّمَ، فَإِنْ كَانَ صَلَّى خَمْسًا شَفَعْنَ لَهُ صَلَاتَهُ، وَإِنْ كَانَ صَلَّى إِتْمَامًا لِأَرْبَعٍ كَانَتَا تَرْغِيمًا لِلشَّيْطَانِ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon biringiz namozda shakka tushib qolsa, bas, qancha o‘qiganini bilmay qolsa, uch rak’atmi, to‘rt rak’atmi, bas, shakni tashlasin va o‘zi qattiq ishongan tomoniga bino qilib o‘qisin. So‘ngra salom berishidan oldin ikki marta sajda qilsin. Agar besh rak’at qilgan bo‘lsa, o‘sha ikki sajda uning namozini juftga aylantiradi. Agar to‘rt rak’atni tamom qilish uchun o‘qigan bo‘lsa, u ikki sajda shaytonning burnini erga ishqagan bo‘ladi», dedilar».Muslim, Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan.Agar g‘olib bo‘lmasa, ozini oladi. عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «إِذَا سَهَا أَحَدُكُمْ فِي صَلَاتِهِ فَلَمْ يَدْرِ وَاحِدَةً صَلَّى أَوْ ثِنْتَيْنِ فَلْيَبْنِ عَلَى وَاحِدَةٍ، فَإِنْ لَمْ يَدْرِ ثِنْتَيْنِ صَلَّى أَوْ ثَلَاثًا فَلْيَبْنِ عَلَى ثِنْتَيْنِ، فَإِنْ لَمْ يَدْرِ ثَلَاثًا صَلَّى أَوْ أَرْبَعًا فَلْيَبْنِ عَلَى ثَلَاثٍ، وَلْيَسْجُدْ سَجْدَتَيْنِ قَبْلَ أَنْ يُسَلِّمَ». رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَصَحَّحَهُ Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon birortangiz namozida unutib qolib, bir rak’at o‘qidimi, ikki rak’at o‘qidimi, bilolmay qolsa, bir rak’at o‘qidim, deb olsin. Agar ikki rak’at o‘qidimi, uch rak’at o‘qidimi, bilolmay qolsa, ikki rak’at o‘qidim, deb olsin. Agar uch rak’at o‘qidimi, to‘rt rak’at o‘qidimi, bilolmay qolsa, uch rak’at o‘qidim, deb olsin va salom berishidan oldin ikkita sahv sajdasi qilsin», dedilar. Ahmad va Termiziy rivoyat qilishgan.Lekin namozining oxiri deb o‘ylagan joyida o‘tiradi.Agar o‘tirmasa, qa’dai oxirni tark qilgani uchun namozi botil bo‘ladi.Sajdai sahv haqidagi barcha dalil va hujjatlarni atroflicha o‘rganib chiqqan hanafiy ulamolar bu masalani namozxonlarga osonlashtirish uchun harakat qilib, quyidagi xulosaviy hukmlarni o‘z kitoblarida yozib qoldirganlar.«Lozim bo‘lganda sajdai sahv qilish vojibdir. Lozim bo‘lganda sajdai sahvni qilmagan namozxon gunohkor bo‘ladi. Ammo namozi botil bo‘lmaydi.Sajdai sahv imomga ham, yolg‘iz namozxonga ham vojib bo‘ladi. Ammo muqtadiy o‘z namozida sahvga yo‘l qo‘ysa, unga sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Chunki u o‘zicha sajdai sahv qilsa, imomiga xilof qilgan bo‘ladi.Agar imom sahvga yo‘l qo‘ysa, muqtadiy ham iqtidoni qachon boshlaganidan qat’i nazar, unga qo‘shilib sajdai sahv qiladi. Agar imom sajdai sahvni qilmasa, u muqtadiydan soqit bo‘ladi.Sajdai sahvning vojibligi vaqtning namoz uchun yaroqli bo‘lishiga bog‘liqdir. Agar bomdod namozining salomini bergandan so‘ng quyosh chiqib qolsa, asr namozidan so‘ng botib qolsa, sajdai sahv qilinmaydi.Agar sajdai sahv qilishdan oldin namozni ulab ketishga mone’ bo‘ladigan amal qilsa: gapirsa, kulsa, qasddan tahoratini ketkazsa, masjiddan chiqsa, yuzini qibladan o‘girsa, sajdai sahv soqit bo‘ladi.Ba’zi ulamolar: «Odamlarni tashvishga qo‘ymaslik uchun, ularni besaranjom qilmaslik uchun jamoati katta bo‘lgan juma va iyd namozlarida sajdai sahvni tark qilish ma’quldir», deganlar. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 184 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar