Ayolning roziligisiz taloqni qaytarib olish

Assalomu alaykum! Bir narsaga aniqlik kiritmoqchi edim. Ayolga bir taloq berilganidan so‘ng iddasi chiqmasidan oldin berilgan taloqni ayolning roziligisiz ham qaytib olsa ularning nikohi saqlanib qoladimi? Uning roziligisiz ham bu halol nikoh bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Raj’iy taloq qo‘ygan bo‘lsa iddasi chiqqunicha xotinni uning roziligisiz ham qaytarib olishi mumkin. Boin taloqda esa xotinini qaytarib ololmaydi. Bu uchun qayta nikoh o‘qitish lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/357 

18 Iyul 2022, 17:20 | Savol-javoblar | 327 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar