Mayitga atab xudoyi qilish

Assalomu alaykum! Mayitga atab xudoyi qilish shariatimizda bormi bu kabi ishni payg‘ambarimiz yoki saxobalar yoki tobeinlar qilishganmi? 2-savol bazilar mayit chiqqan uyda 72 soatgacha taom pishirilmaydi deyishadi bu qanchalik to‘g‘ri? 3-savol xudoyi xaqida Qur’on va sunnatda dalillar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qilishmagan. Bunday ish dinimizda yo‘q.2). Noto‘g‘ri, ziyofat uyushtirish joiz emas. O‘lgan odamning merosi merosxo‘rlar o‘rtasida bo‘lib olinmagunicha, meros qolgan narsalardan ovqat tayyorlab bo‘lmaydi. O‘zlarining mulkidan o‘zlari va yaqinlari eyish uchun taom pishirish joiz. Vallohu a’lam!

30 Dekabr 2023, 10:59 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar