"Spisat" qilingan modem

Assalomu alaykum! Men yaqinda eskirib qolgan modemimni yangisiga alishtirmoqchi edim. Shunda mening do‘stim menga ishxonasidan modem olib kelib ishlatishimga berdi. Pulini olmadi xam. Shunda so‘radim, bu narsa "otkat" emasmi, xarom bo‘lib qolmaydimi desam. "Otkat" emas, bu modemni ishxonam olgan va yaqinda balansdan "spisat" qilib yubordi. Buni olishda pul ishlatganim yoq pul to‘lashing shart emas dedi. Endi savol, bu modemni ishlatishim menga joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ishxonaning boshlig‘i hal qiladi. U odam rozi bo‘lsa sizga ishlatish joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:36 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar