Bir oyat haqida
Assalomu alaykum! Qur’onda "Kimki men buyurgan ibodatni, men yaratgan maxluqdan qo‘rqib tark qilsa, uni qiyomat kuni qovurg‘asini sindiraman" mazmunida oyat bormi? Agar bo‘lsa, qaysi suraning qaysi oyati ekanini aytib yuboringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Termiziy Horis A’var roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda quyidagilar aytilgan : «Masjiddan o‘tdim. Qarasam, odamlar turli gaplarga sho‘ng‘ishmoqda. Shunda Ali roziyallohu anhuning oldilariga kirib: – Ey amiral mo‘minin, ko‘rmaysizmi, odamlar turli gaplarga sho‘ng‘ibdilar, – dedim. – Darhaqiqat, shuni qilibdilarmi? – dedilar u kishi. – Ha, – dedim. U kishi quyidagilarni aytdilar: – Ammo men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Ogoh bo‘lingizkim, albatta, fitna bo‘lur!» deganlarini eshitdim va: – Undan chiqish ne ila bo‘lur, ey Allohning Rasuli? – dedim. «Allohning Kitobi ila. Unda sizdan oldin bo‘lgan narsalarning axbori va sizdan keyingi narsalarning xabari va sizning orangizdagi narsalarning hukmi bor. U fosil qiluvchidir, hazil emasdir. Kim bir jabbordan qo‘rqib, uni tark qilsa, Alloh uning umurtqasini sindirur. Kim undan boshqadan hidoyat izlasa, Alloh uni zalolatga ketkazur. U Allohning metin arqonidir. U hikmatli zikrdir. U sirotul mustaqimdir. U uning ila havoyi nafslar toymaydigan, u uning ila tillar iltibosga tushmaydigan, u ulamolar undan to‘ymaydigan, u ko‘p takrorlash bilan eskirmaydigan va ajoyibotlari tugamaydigan narsadir. U jinlar uni eshitishlari bilan, darhol: «Albatta, biz ajib Qur’onni eshitdik, u rushdga hidoyat qilur», degan narsadir. Kim u bilan gapirsa, sodiq bo‘lur. Kim unga amal qilsa, ajr olur. Kim uning ila hukm qilsa, adolat qilur. Kim uning ila da’vat qilsa, sirotul mustaqimga hidoyat qilinur, – dedilar. So‘ngra u kishi: – Mana bularni olgin, ey A’var, –dedilar».("Hadis va Hayot"). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:00 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar