Tajvidsiz imom namozi

Assalomu alaykum! Janozada tajvedi yo‘q imom janoza namozini o‘qisa, ko‘mib kelgandan kegin xech kimga bildirmay fitna chiqarmay 5-6 kishi kechasi qabriga borib janozani ilmli kishi bilan qayta o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Janoza namozining rukni to‘rt takbir va qiyomdir. To‘rtta takbirni to‘g‘ri aytgan bo‘lsa namoz durust bo‘lgan. Takroran janoza o‘qish mashru’ bo‘lmagani uchun joiz emas. Vallohu a’lam!

20 Iyul 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar