Fotiha (unashtiruv)

Assalomu alaykum! 3-4 oy ilgari uzoqroq qarindoshimizning qiziga sovchi yubordim. Qiz bilan uchrashdik. Dastlabki, uchrashuvdan taasurotlarim to‘liq bo‘lmadi, boz ustiga ishlarim ham ko‘payib, qayta uchrashish vaqti cho‘zildi, bu orada telefon orqali bir - ikki muloqot bo‘ldi. Negadir qizning yaqqol namoyon bo‘lmasada, ba’zi xatti - harakati maqul bo‘lmadi. Shu orada uyimizdagilar, mening "biroz vaqt berishni" so‘rashimga qaramay, borib engil "unashuv" qilib kelishibdi. Shundan so‘ng, taqdir ekan deb, u qizga ko‘ngil berishga harakat qildim. Ushrashuvlarimiz shariatga mos, (faqat guvohlarsiz, lekin jamoatda) huddiki rasmiy munosabatlardek o‘tardi. Xatto u qizning qo‘lini ham ushlamagandim. U qizdan ko‘nglim bo‘lmasada, eng kutganim meni dinda, ibodatda rag‘batlantiruvchi kuchni, soliha qiz sifatlarini topishni hohlardim, ammo ko‘nglim to‘lmasdi, shu sabablimi oydek chiroyli qiz ham ko‘zimga xunuk ko‘rina boshladi. Hozirda u qiz bilan munosabatlarni uzmoqchiman. lekin bir qizni "Fotihasi buzilgan" tamg‘asini olishi va baxtsiz qilib qo‘yishdan qo‘rqayapman. Shariatda "fotiha qilinish", "unashtirish" borasida qanday ko‘rsatmalar berilgan? Qanday qaror qabul qilishni bilmayapman. Dinda va Shariatda bu muammoni echimiga oid risolalar bo‘lsa maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelajakda uni tarbiya qilishga ko‘zingiz etsa, fotihani buzmang. Vallohu a’lam!

19 Iyul 2022, 02:00 | Savol-javoblar | 185 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar