Artel Televisor aksiyasi

Assalomu alaykum! ABS korxonasi quyidagicha aktsiya e’lon qilsa: Agar xar qanday mijoz (faqat 32, 43 va 50 dyumli) ABS televizorlarini pulini to‘lab xarid qilsa; besh kundan so‘ng futbol bo‘yicha XYZ jamoasi g‘alaba qozonsa ABS korxonasi televizor uchun to‘langan pulni mijozga qaytarib beradi. Agar XYZ jamoasi yutqazsa pul qaytarilmaydi. Lekin xar ikki xolatda xam televizor mijozda qoladi. Savolimiz shuki, mijoz shu aktsiyani bilgan xolda televizor sotib olsa va XYZ jamoasi yutgan taqdirda AVS korxonasi televizor pulini mijozga qaytarib bersa, pulni mijoz olishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday shart bilan savdo shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 22:46 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar