Taxorat olayotganda suv tomishi

Assalomu alaykum! Taxorat qilayotganda kaftimizga bilakni yuvish uchunmi, masx tortishgami suv to‘ldirsak shu suvga yuzimizdan suv tomsa bu suvning xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kaftdagi yoki idishdagi suvga haqiqiy najosatdan xoli musta’mal suv (savoldagi holatda yuzdan tomgan suv) to‘kilsa uning miqdoriga qaraladi. Musta’mal suv ishlatilmagan suvdan oz bo‘lsa zarari yo‘q. Undan ko‘p bo‘lsa unday suv tahoratga yaramaydi. Vallohu a’lam!

20 Iyul 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 140 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar