Do‘stlarimning kasbi
Assalomu alaykum! Do‘stlarim o‘quv markazlarida ish olib borishadi. O‘quv markazlariga asosan chet davlatlarga ishga chiqish maqsadida murojaat qilib kelishadi, ular kelgan mijozlar bilan shartnoma qilib avvalgi ma’lum bir to‘lovini oladi va shartnomada 1 oydan 3 oygacha ishga tayyorlov kursi va chet eldagi ish beruvchi bilan onlayn, ya’ni tanlov suhbati uyushtirishadi. E’tiborlisi shundaki, ko‘p hollarda ish beruvchi bilan yuzma-yuz suhbatga tayyor bo‘lmagan o‘quvchini nomidan ingliz tilida ovoz berib suhbat qiladi, o‘sha payt yuzma-yuz turgan ketish talabidagi ishchi og‘zini qimirlatib turadi. Bir amallab ish beruvchini ishonchini qozonadi. Ma’lum bir necha kundan keyin ish beruvchi ham suhbatdan a’lo darajada o‘tgan kondidatga ishga taklif, viza, aviabiletini ishxona hisobidan yuboradi.. To‘g‘ri yuborilgan ishchilar qabul qilingan ish joylaridan qaytarib yuborilishi kamdan-kam uchraydi, chunki ishxona uning chet tilisi va ish tajribasi bor deb o‘z hisobidan chiqim qilib chaqirgan bo‘ladi. Yuborilgan ishchilar o‘sha erda ishlab tajriba oshirib moddiy tomondan ham yaxshilanib qaytayotganlari ham ko‘p.. Hurmatli ilm egalari do‘slarimni hiyla bilan topayotgan mablag‘lari, qilayotgan kasbi oddiy ish bo‘lib bormoqda. Tushuntirishga harakat qilganman. Zikr ahli kanalini ham kuzatib borishadi. Bu kasbni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam makr qilgan bizdan emas degan so‘zlari kifoya qiladi. Topgan puli ham shubhali bo‘ladi. Bu uddaburonlik emas, butun bir millatni botqoqqa tiqish hisoblanadi. Tashqarida bo‘lganimizda nafaqat dinini, balki odamiyligini ham unutgan kishilaringiz ko‘p – degan so‘zlarni eshitib achinib ketamiz. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat