Vasvasami yo

Assalomu alaykum! Men janoza namoziga birinchi marta borishim edi shoshilinch bo‘lib qoldi. Ich kiyimim ham pok emas edi. Tahorat ham ololmadim ha mayli o‘qamasman deb boraverdim oyim bu yoqdan shoshiltiravergandi. Borgach baribir tahorat olishga to‘gri keldi begona uyga kirib (albatda ruhsat so‘rab)optovaga qarasam suv kamikan keyin bochka borikan undan suv olib toldirdim. Shu payt vasvasa paydo bo‘ldi optovadagi va bo‘chkadagi suv o‘zi tozamidi. Aksiga olib so‘rashga odam ham yo‘q edi so‘raganlarim bilmasliklarini aytdilar. Tavvakal vasvasaga yoyib tahorat olaverdim. Lekin yana vasvasa tutdi kiyimlarim toza notozaligi esimda yo‘q lekin yuvilgani esimda va asari ko‘rinadigan najosat ham yo‘q edi. Baribir tahorat olaverdim. Endi savolga kelsak menda vasvasa haliyam ketmayapti men goyoki najasman uyga borib yuvinib olish kerak deyaveryapti kidir. Men lekin tavvakkal qilib vasvasaga yo‘yaveraymi. Bunday hollarda vasvasaga yoysa tavakkal qilib namoz oqiyversa lekin pok bo‘lmagan bo‘lsa buni hukmi qanday. Bunday holatlar bandaning umrida uchragan va vafot topgan bo‘lsayu osha namozlari ohiratda soraladimi bandaning javobi albatda vasvasaga yoydim deyishi tabiiy. Bunda banda baribir gunohkor boladimi bu erda gap ehtiyotdizlikdamas ming ehtiyotkorlik qilib shunda ham shubhalar bo‘lsa boshqa holatlar bo‘lganda vasvasaga yo‘yosh haqida gap ketyapti savolim uzun bolgani uchun uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fiqhda اليقين لا يزول بالشكّ - “Aniqlik shak-shubha bilan yo‘qolmaydi”; الأصل بقاء ما كان على ما كان - “O‘tgan narsaning bo‘lib o‘tgan holida qolishi asosdir” degan ikkita qoida bor. Suvlardagi asl holat bu ularning pokligidir. Ularga najosat tushishi esa oriziy narsadir. Shunga ko‘ra najosat tushgani bilinmagan va najosat asari ko‘rinmagan suvni pokligida shubha qilish noo‘rindir. Sahoba va tobein roziyallohu anhumlar hovuzlardan, og‘zi ochiq idishlardagi suvlardan tahorat olaverganlar. “Unga najosat tushganmi?” yoki “Undan biror yirtqich hayvon yoki it suv ichib najas qilmaganmi?” kabi savollarni berishmagan. Vallohu a’lam!

20 Iyul 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar