Shoziliya tariqati

Assalomu alaykum! Shoziliya tariqati qanday yo‘l? Hozir ham shu tariqat qaysi ulkalarda mavjud? Shoziliya tariqati bizning o‘lkada ham bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizning diyorlarda asosan Naqshbandiya tariqati tarqalgan. Bu tariyqat Abul Hasan ash-Shoziliy rahmatullohi alayhiga nisbat berilgandir. U kishi 593 hijriy sanada tug‘ilib, 656 hijriy sanada vafot topganlar. Abul Hasan ash-Shoziliy rahmatullohi alayhi olim, obid, zohid va mashhur so‘fiylardan bo‘lganlar. U kishi Tunis, Misr, Iroq va Makka tomonlarga ko‘plab safarlar qilganlar. Qohiraning Komiliya nomli madrasasida qozi Iyozning Shifo kitobini, Risolai Qushayriyani, al-Muhharar al Vajiyzni talabalarga o‘qitganlar. U kishi uzlatni va mahrumlik hayotini o‘zlariga ep ko‘rmaganlar. Odamlarga aralashib, dunyo ne’matlaridan bahramand bo‘lib yashaganlar. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 03:45 | Savol-javoblar | 198 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar