Ota onaga ehson

Assalomu alaykum! Men tijorat bilan shug‘ullanaman. Alloh bilan sheriklikni niyat qilib, foydamni 10%ni muhtojlarga ehson qilib kelaman. 2 ukam bor, men turmushga chiqib ketganman. Ota-onamni davolanishga jo‘natmoqchi edik. Shu oydagi foydadan 10%ga ota-onamni davolanishga sanatoriyaga jo‘natsam bo‘ladimi? Bu ham ehsonga o‘tadimi? Shunda Allohni haqqiga xiyonat qilgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bunday sheriklikni niyat qilib ehson qilib yurishingiz lozimiy emas. Buning o‘rniga haloldan pul topib, uni jamlang. Nisob miqdoriga etsin. O‘shanda farz bo‘lgan zakotni, ya’ni nisobning qirqdan birini ado qiling. Ota-onani davolatish farzandlarning zimmasidagi burchdir. Vallohu a’lam!

21 Iyul 2022, 12:12 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar