Saxarliksiz ro‘za tutish

Assalomu alykim wr wb kirib kelgan ramazoni oyi bn muborakbot etaman aziz SHayx Hazratlari.Man musofir yurta ishleyman, Sizga yo‘layotgan savolimi sababi muborak ramazon oyini birinchi kunida saxarlika brozlik uyqu g‘aflatida qolib saxarlik nematidan mahrum bo‘ldim,Lekin man saxarliksiz niyat qilib ro‘zani ado qildim.Og‘zimi ochishdan ALLOHdan hayo qildim.Hazrat sizdan ALLOH rozi bo‘lsun sizdan iltimosim shuki shunga oydinlik kiritib bering bunaqa holata tutgan ro‘zamiz inshAlloh ALLOH huzurida qabul bo‘ladimi? Javob uchun oldindan kottakon rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Uxlab qolgan odam uyg‘onganda niyatni qilib ro‘zani tutadi. Saharlikdan qolibman deb, ro‘za tutmaslikka hech kimning haqqi yo‘q.

29 Aprel 2022, 04:52 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar