Odam ato yaratilishi to‘g‘risida
Assalomu alaykum, Shayx hazratlari. Shu kunlarda biz yashab turgan shaharga Qosim qori degan kishining Odam ato yaratilishi to‘g‘risidagi ma’ruza kelib koldi. U kishining aytishlaricha, erda odam yaralgunga qadar jinlar qavmi (bani jon) istiqomat qilgan deyilgan va fisqu fasodlari tufayli ular er yuzidan yo‘qotilgan deyilgan, davomida esa Alloh ta’lo farishtalarini erga jo‘natib, erdan insonni yaratish uchun tuprok olib kelishga buyurgan (tuprok olib kelishda ham ancha muojarolar bo‘lib o‘tkan). Insonni yaratilishi haqida, elkasigacha farishtalar yaratganlar, boshini esa Alloh ta’lo yaratgan, hamda ruhning insonga kirishi to‘g‘risida, ruh kirishni xohlamagan degan tushunchalarberganlar. Go‘yoki, uni hiyla bilan kirgizilgan ekan. Shundan keyin o‘sha ma’ruzani olib kelgan kishilar boshqa bir odamning, ya’ni Shayx Nabil al-Avaziyning Payg‘ambarlar qissasi deb atalgan filmini olib kelishdi. U erda ham shunga o‘xshash gaplar va har xil tuproq olib kelingani, shuning uchun odam har xil ekanligi aytilgan. Men bu gaplarning ko‘pi noto‘g‘ri degan fikrni bildirdim. O‘z fikrimni Anbiyolar qissasiga asoslanib aytdim. Hazrat, meni aytganim to‘g‘rimi? Agar noto‘g‘ri aytgan bo‘lsam, ularning fikrini tasdiqlovchi biror bir hadis yoki oyat bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning aytganingiz to‘g‘ri.
29 Aprel 2022, 04:52 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning aytganingiz to‘g‘ri.
29 Aprel 2022, 04:52 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda