Maxfiy namozni jahriy o‘qish

Assalomu alaykum! Do‘stim bilan peshin namozini birga o‘qidik, meng unga iqtido qildim, do‘stim bilmasdan peshin namozining farzini jahriy tartibda o‘qidi. Namozimiz ado bo‘lganmi yoki boshqatdan o‘qish kerak edimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oxirida sajdai sahv qilsa bo‘ldi edi. Endi qayta o‘qishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar