Kelmagan kunga ish xaqi

Assalomu alaykum! Xokimyatda ishlayman, bir kun yani ish kuni javob oldim shaxsiy ishim yuzasidan. Odatda shanba kuni ish kuni emas lekin biz kelamiz odatdagiday ishlaymiz xar shanba. Endi shu kemagan kunimni ish kunimas, lekin keb ishlagan kunlarimiz o‘rnini bosa oladimi? Tabelda kelgan xisoblab olgan ish xaqqimiz pokmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga mas’ul bo‘lgan rahbaringizdan so‘rang. Agar javob olgan kunlaringizni boshqa kuni ortiqcha ishlab ishni yopib qo‘yishingizga ruxsat bersa o‘zlari bilishadi. Ish kuni bo‘lmagan kunda kelib ishlasangiz unga alohida haq so‘rashingiz haqingiz. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 134 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar