Halol bo‘lmagan go‘shtni "Bismllah" deb eyish

Assalomu alaykum Hurmatli ustozlar, Alloh barchalaringizdan rozi bo‘lsin, vaqtingizni olganim uchun uzur.  Savol: 1. Inson harom ishni boshlashdan oldin Bismillah bilan boshlasa kofir bo‘lishini bildik. Rossiyada halol yo‘l bilan so‘yilgan go‘sht topish mushkulroq. Shunda halol bo‘lmagan go‘sht solib tayyorlangan ovqatni ham Bismillah bilan boshlasa kofir bo‘ladimi?
2. Halol bo‘lmagan go‘shtni Bismillah bilan eb yurganlar (ko‘pchilik Rossiyadagilar) kofir bo‘lib, nikohlari buzilganmi? Javob uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Haromligini ochiq-oydin bilib turib “Bismillah”ni aytish joiz emas. 2). Agar harom go‘shtni “Bismillah”ni aytish joiz emasligini bilganlaridan keyin ham qasddan shunday davom etsalar, nikohlariga putur etib qoladi. Bu borada bilmaganlar to o‘rgangunicha uzrli bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:07 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar