Qiz bola o‘qishga borish masalasi
Assalomu alaykum! Soxam kimyogar. Ko‘plab yutuklarim bor. Allohga shukur dinimizni xam o‘rganishga va bilganlarimga amal qilishga xarakat qilyapman. Xijobdaman. Labaratoriyada tadqiqotlar olib boramiz. Yoshim 20, 3-kursman. 2 yil oldin onamda gepatit S aniqlandi. Magistrlik ishimni shu virusni Alloh berayotgan ilm bilan yo‘q qilishga bag‘ishlamoqchiman. Lekin yurtimizda mening soxam yaxshi rivojlanmagan. Evropaga grantlar berilgan o‘qish uchun. Savolim: 1. Maxramsiz o‘qish uchun 2 yilda qaytish sharti bilan o‘qishga ketsam bo‘ladimi? Ko‘nglimni xech kimga bog‘lamaganman. Nomzodlar amalparast, menga to‘g‘ri kelmagani uchun turmush qurmayapman. Nima qilishni bilmayapman. Ba’zilari mendan xafa. 2. Bunday paytda nima qilsam bo‘ladi? Muslima ayollar oila va barcha soxalarda eng yaxshisi bo‘lishi kerak deb xarakat qilyapman. 3. Bu ishlarim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh sizni salomat qilsin va siz kabi muslima singillarimizni adadini ko‘paytirsin. Chet elda o‘qish masalasida biror mahramingiz olib borib tashlab, qaytib kelishingizda yana borib olib kelsa bo‘ladi. Siz yaxshi o‘qing, shu sohani eng oldi mutaxassisi bo‘ling, agar niyatingizga etsangiz siz sabab tuzalgan barcha musulmonlar siz va sizni tug‘ib tarbiya bergan ota-ona, ustozlaringizni duo qilishadi. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 09:58 | Savol-javoblar | 123 | Islam