Xola bilan sheriklik

Assalomu alaykum! Javob uchun oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin. Biz xolam bilan 25000$ga sotib foyda ko‘rish maqsadida uy sotib oldik. 12500$ men o‘rtaga tikdim xolam 7500$ va qolganini so‘mda tikdi. Uyni sotish qiyin bo‘ldi 5-6 oydan keyin sotdik, lekin olgan pulimizga sotdik. Ya’ni 25000$ga. Bu orada dollar ham ko‘tarilib ketdi. Xolam uyga chiqargan so‘mini men uy olmasak dollar olib qo‘yardim dedi. Biz kurs hisobiga uydan 1200$ zarar ko‘rdik. Shu zarar qanday bo‘linadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uyning yarmi sizniki, yarmi holangizniki. Zarar ham. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar