Kelin ko‘ylak

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, rafiqam to‘yda kiyadigan oq liboslar tiqmoqchi edi. Sababi to‘yimizda xijoblilar uchun kiyim topishga qiynalgan edik.  Shuning uchun rafiqam xijoblilar uchun va boshqa bo‘lajak kelinchaklar uchun ibo-xayolikni, milliylikni saqlash uchun o‘ta oppok rangda bo‘lmagan boshqa ranglarda kelin ko‘ylak tikmoqchi.  Tiksa bo‘ladimi va buni xukmi qanday?  Eshitishimizcha oq libos kiyib xam tikib xam bo‘lmas ekan.  Shu gap to‘g‘rimi?  Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kundagi to‘y liboslarini tikish va savdosi bilan shug‘ullanish joiz emas. Bu narsaga rivoj bermanglar. Buni o‘rniga muslimalarga iboli va oddiy liboslar tikishni o‘rganish kerak. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar