Mujoxid nima
Assalomu alaykum! Mujoxxid so‘zining ma’nosi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jiddu-jahd, qattiq harakat qiluvchi. Jihod so‘zi diniy ma’noda «Alloh xohishini bajarishda bor kuchini sarflash, harakat qilish» ma’nosini bildiradi. Bundan kelib chiqib «mujohid» degani – Allohning hukmlarini amalga oshirishda bor imkoniyatdan foydalanib kuchini sarflaydigan kishiga aytiladi. Qo‘l jihodi - qonunbuzarlikni to‘xtatishga qaratilgan harakat, qalb jihodi - o‘z nafsi bilan kurashish, til jihodi - amri ma’ruf nahyi munkar, yaxshilikka chaqirish yomonlikdan qaytarish, so‘z yoki qalam jihodi diniy targ‘ibot va ma’rifat tarqatish harakati, dinni turli hujumlardan saqlash va hakozo bu ma’noda jihod - musulmonning barchaga mumkin bo‘lgan va ahdlarga vafo qilgan, o‘zi yashab turgan mamlakatni qonunlariga rioya qilgan holda bajarishi lozim bo‘lgan shaxsiy ishi va diniy majburiyati (farz)dir. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 194 | Turli savollar