Olgan puli halolmi?

Assalomu alaykum! Man bozordan bir buyum olmoqchi bo‘lib bir do‘kondan so‘radim, ular unaqasi yo‘q, bizda bunaqasi bor deb boshqa markali buyumni ko‘rsatishdi. Narxi qancha deb so‘radim 135$ deyishdi. Savdolashib 1mln. 100minga oldim. Uyga kelib internet do‘kondan shu buyumni izlab ko‘rsam 750ming ekan. Ertasi kuni bozorga bordim va bir do‘kondan kirib shu buyumni narxini so‘radim 700ming dedi, qaytib molni olgan do‘konga bordim u ham shu bozorda edi. Sotuvchiga nega odamni axmoq qilib ustiga shuncha pul qo‘yib sotyabsiz, zarracha iymoniz bo‘lsa molizni qaytarib oling, yoki ziyoti olgan pulingizni qaytaring dedim. U bermadi. Man bergan pulimga rozimasman dedim. Sotuvchini olgan puli halomi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sotuvchi bozorda bu buyumning narxi shuncha demagan bo‘lsa, o‘zidagi narxni aytgan bo‘lsa qaytarishga majbur emas, ammo bunchalar katta ustma foyda qo‘yish insofdan ham emas. Siz ham vaziyatdan kelib chiqib shoshganingiz sabab shu holat bo‘lgan, agar usha internet orqali narx bilishni bozorga kelishdan avval qilganingizdi edi, savol berishga ham bozorga qayta borishga ham vaqtni zoe ketkazmas edingiz. Sotuvchiga insof bersin, sizga sabr bersin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar