Pdf kitob

Assalomu alaykum! Bir telegram kanalda "Schastlivaya semya" kitobini pdf shaklda kanalga joylanganini ko‘rdim. Men Hilol Nashrga tegishli kitoblar faqatgina Hilol-e-book orqali yuklab olinadi deb o‘ylar va mualliflik huquqi talab etilishini bilar edim. Adminga murojaat qilganimda bu hammasi qonuniy, pdf variantini aynan Hilol Nashr telegram kanalidan yuklab kanalga joylaganini aytdi. Hilol nashrning rasmiy telegram kanalida esa men pdf shaklini ko‘rmadim. Balki birmuncha muddat oldin pdf shaklda qo‘yilib so‘ngra o‘chirib tashlangandir deb yaxshi gumon qilishga va quruq tuxmat qilmaslikka harakat qilyapman. Savolim shundayki ushbu kitob chindan ham telegram kanalingizda pdf shakli taqdim etilganmi va yuklab boshqalarga ulashish joizmi? Shunchaki ikkilantirayotgan jabha ushbu kitob hilol e-book da 7.000 so‘m turipti. Telegramda bepul programmada esa pullik bo‘lishida mohiyat ko‘rmadim hamda o‘sha admin noto‘g‘ri ish qilayapti, bu sizlarning haqqingizga hiyonat degan hayolga keldim. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pdf fayllar nashriyot va muallif ruxsatisiz tayyorlanib tarqatilmoqda. Hilol nashr nashriyoti kitoblarni Pdf  holida joylamagan. Bu ishlarni to‘xtatshi va Allohdan qo‘rqishga chaqirib qolamiz. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 129 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar